Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Endi jim o‘tirmaymiz» - Germaniya AQSh bilan munosabatlar haqida
Foto: REUTERS
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilishicha, GFR endi AQSh bilan o‘zaro munosabatlardagi ziddiyatlar haqida jim turmaydi.
«Bizda o‘zaro munosabatlarda ma'lum bir ziddiyatlar bor, ular haqida endi faqat ochiq gapiramiz», - deya aytib o‘tdi u Suddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap, xususan, Vashingtonning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishi, Eron yadroviy bitimidan voz kechishi hamda po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etishiga aloqador masalalar haqida boryapti.
Diplomatning fikricha, bu bir tomonlama qarorlar Yevropaga ziyon yetkazmoqda hamda AQSh prezidenti Donald Tramp ularga oldindan bilgan holda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropani «o‘zgarayotgan dunyoda» qat'iylikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 28.05.2026
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
09:11 / 28.05.2026
Germaniya Kanadaga suvosti kemalarini taklif qilmoqda
08:42 / 28.05.2026
Bild va Stern Mersning ehtimoliy vorislari haqida yozdi
22:46 / 27.05.2026