Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Singapurdagi Çangi aeroportiga yakşanba, 10 iyun kuni yetib keladi. Bu haqda Reuters tayyorlanayotgan safardan xabardor bölgan manbaga asosan ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, 8 iyun kuni Singapurdagi Payya Lebar aviabazasida Amerika aviatsiya floti joylaştirilganiga doir suratlar paydo bölgan. Ular orasida oq tomga ega vertolyot surati ham bor, u, odatda, AQŞning yuqori mansabli amaldorlarini olib ötiş uçun foydalaniladi.

Sammitda iştirok etayotgan tomonlar safarga oid öz rejalarini oçiqlamayapti.

Singapur Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi esa bu ma'lumotni hozirça tasdiqlamagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR Singapurda Kim Çen In uçun limuzin qidirayotgani xabar berilgandi.