Jahon | 08:02 / 08.06.2018
5615
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya koinotga fazogir yubormoqchi

Foto: TASS

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an davlati o‘z koinot tadqiqotlarini fazoga turk fazogirini yuborishgacha rivojlantirishi istagidaligini ma'lum qildi.

“Hozir koinot tadqiqotlari bilan bog‘liq, avvalambor, koinotga sun'iy yo‘ldoshlar yuborish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu davr boshlangani sababli, endi ehtimol aynan siz, yoshlarimiz bilan koinotga fazogir yuboradigan nuqtagacha boramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an yoshlar tashkilotlari faollari bilan Anqaradagi uchrashuvida.  

Turkiyaning Göktürk-1 razvedka sun'iy yo‘ldoshi 2016 yil dekabrda Kuru kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirilgan. 261,5 mln dollar turuvchi bu qurilma Italiyada ishlab chiqilgan, uni montaj qilish va sinovdan o‘tkazish Turkiyada o‘tkazilgan. Qurilmaning xizmat qilish muddati 7 yilni tashkil qiladi va u bir metrgacha aniqlikda suratlarni yuborishi mumkin. 

Mavzuga oid