11:27 / 09.06.2018
3842

Facebook ba'zi kompaniyalarga foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotini bergan - WSJ

Foto: Reuters /Stephen Lam

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ba'zi kompaniyalarga foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotini taqdim etgan. Bu 2015 yilda ilovalar ishlab chiquvchilarga ma'lumotlar berishni to‘xtatish haqidagi va'daga qaramay yuz bergan, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal o‘z manbalari, sud hujjatlari va kompaniya vakillariga tayangan holda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Facebook ma'lum bir kompaniyalarning ilovalar ishlab chiquvchilari bilan ma'lumotlarni taqdim etish borasida kelishuvlarga erishgan. Bu «oq ro‘yxatdan», masalan, Royal Bank of Canada va Nissan Motor joy olgan. Taqdim etilgan ma'lumotlar orasida telefon raqamlari hamda «do‘stona aloqa» metrikasi bo‘yicha statistika bo‘lgan, u ijtimoiy tarmoqning ikki foydalanuvchisi o‘rtasida tanishlik darajasini aniqlash imkonini beradi.

Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, ilovalar ishlab chiquvchilari bilan kelishuvlar yangi funksiyalarni sinovdan o‘tkazish hamda foydalanuvchilar uchun interfeysni yaxshilash maqsadida erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlariga kirish bo‘yicha kelishuvni bekor qilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top