Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isiriqni giyohvand modda sifatida sotishga uringan shaxs ushlandi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Besh qo‘l barobar emas deganlaridek, qo‘shtirnoq ichidagi “tirikchilik qilib yurganlar” toifasiga mansub ayrim kimsalar bu yo‘lda firibgarlikka ham qo‘l urmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ana shunday firibgarlik jinoyati yaqinda Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan fosh etildi. Urganch shahrida yashovchi fuqaro B.Ya o‘zganing mulkini aldab, qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro O.R.ga bila turib, giyohvandlik vositalari niqobi ostida bir dona gugurt qutida “isiriq” o‘simligi parchalarini firibgarlik yo‘li bilan 700 000 so‘mga sotayotgan paytida ushlandi.
Xorazm viloyati IIB ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, fuqaro B.Ya.dan ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona gugurt qutiga solingan jami og‘irligi 2,73 gramm bo‘lgan sarg‘imtir rangli o‘simlik maydalari giyohvand vositalar turkumiga kirmasligi ko‘rsatilgan.
Natijada firibgarlik ortidan mo‘may daromad orttirmoqchi bo‘lgan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
21:34 / 13.06.2026