AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyani G8 şakliga qaytariş böyiça bayonotlari bir neça sababga köra hayratlanarli, deb yozmoqda The Atlantic.
Birinçisi - Tramp AQŞ sobiq prezident Barak Obama rahbarligi paytida qabul qilgan qarordan uzoqlaşmoqda.
Ikkinçidan, deya ta'kidlaydi Atlantic, Trampning bayonoti Rossiyaning AQŞda 2016 yilda bölib ötgan prezidentlik saylovlariga ehtimoliy aralaşuvi böyiça suriştiruv işlari davomida berildi. Rossiya Qöşma Ştatlardagi prezidentlik saylovlariga aralaşganini hamda Moskva Tramp saylovoldi ştabi bilan til biriktirganligi böyiça ayblovlarni rad etmoqda.
Uçinçi sabab - ehtimol, eng asosiysi - «Rossiyaning xatti-harakati» 2014 yilda Qrim qöşib olinganidan söng özgarmadi.
Boşqa davlatlar Trampning Rossiyani G8’ga qaytariş böyiça çaqiriğini rad etişiga qaramay, «katta yettilikda» parçalaniş kuzatilmoqda, deya ta'kidlaydi naşr.
Eslatib ötamiz, avvalroq CNN Trampga «işonayotgan» yagona yetakçini ma'lum qilgandi.

















