Filolog va bloger Şahnoza Töraxöjayeva feysbukdagi sahifasida şu kunlarning asosiy mavzusi - Yoşlar ittifoqi atrofidagi holatga e'tibor qaratdi.

Uşbuni «töy korteji» mojarosi çiqmasdan avval yoza boşlagan edim. Sönggi voqealardan keyin kampaniyaga qöşilmaslik nuqtai nazaridan postni e'lon qilmaslik kerak degan fikrga bordim-u, ammo boşqa narsa yozişga ulgurmadim. Öqiyotganda şu holatni e'tiborga olib qöyasizlar degan umiddaman.

Bir paytlar «Kamolot»ga taalluqli jurnalning boş muharriri bölgan va Qahramon Quronboyev bilan bir neça bor şaxsan suhbatlaşgan odam sifatida vaziyatni tahlil qilişga urindim. Bu – mutlaqlik va xolislik da'vosidan yiroq blogpost.

Ötgan yili şunday post qöygan ekanman: «Hijob, soqol, blogerga tazyiq... Yoşlar Ittifoqiga yaxşi imijmeyker kerak. Xayrli işlari soyada qolib ketyapti».

Çindan ham, hijob, soqol, poyezdlarda «kataysa», töy korteji – bir yilga köplik qildi. Madda boylab kelayotgan yara yorildi: içidan juda köp narsalar çiqyapti.

Nega ittifoqçilarni köpçilik yomon köradi? Axir harakat qilişyapti, işlaşyapti-ku?

Men aniqlagan sabablar bir neçta.
1. Yetakçilar
Ötgan yili Yoşlar Ittifoqining matbuot kotibini kördim: ança aqlli qiz ekan, taşkilotda qilinayotgan işlarni batafsil yoritdi, köpçilikni işontirdi, odamlarning fikrini özgartira oldi. Oradan bir kun ötib esa bloger Sanjar Saidga nisbatan qaysidir bir ittifoqçining tazyiqi mojarosi çiqdi va matbuot kotibining barça sa'y-harakatlari yuvilib ketdi. Bunday hollar takror-takror röy beraverdi: Ittifoq yoş ijodkorlarni rağbatlantirib, endigina iliq taassurotlar uyğota boşlaganda, yetakçilardan biri darsni buzdi; joylarga borib, xalqning duosini olyapti degan xabarlar kelayotganda – «töy korteji» mojarosi çiqdi. Xullas, zamonaviy yoşlar taşkiloti imijiga nuqul yetakçilar xol qöyaverdilar.

Keça «Kun.uz»ga berilgan intervyu esa vaziyatni yanada ötkirlaştirdi va oydinlaştirdi ham. Qahramon Quronboyev şunday imkoniyatdan foydalana olmadi va yana öziga nisbatan salbiy «kommentlar köçkisi» ostida qoldi. Omma konkret hodisa haqida konkret izoh kutgandi, lekin 15 daqiqa davomida qolip jumlalardan iborat navbatdagi piar nutqini tinglaşga majbur böldi.