Shu yil aprel oyining 17, 21 aprel kunlari tumanda ish olib borayotgan “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJga qarashli Uchtepa-11 burg‘ilash maydonidan katta qiymatdagi  turli diametrli burg‘ilash quvurlari o‘g‘irlangan.  

Jamiyat ishchisi F. Homidov noqonuniy yo‘llar bilan pul topish ilinjidagi fuqarolar – T. Qurbonov, O‘. Muhammadiminov va aka-uka Olimjonovlar, 17 aprel kuni Uchtepa-11 burg‘ilash maydonidan 2 dona 89 mm diametrli, har birini uzunligi 9 metrdan iborat umumiy qiymati 1 238 313 so‘mlik burg‘ilash trubalarini, 21 aprel kuni esa umumiy qiymati 3 596 553 so‘mlik burg‘ilash trubalarini o‘g‘irlash orqali talon-toroj qilishgan.

Sayyor sud majlisi davomida mehnatsiz daromad izlagan o‘g‘rilar to‘dasi vakillari o‘z ayblariga iqror bo‘lishdi. Sud qaroriga asosan “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJga huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan ziyon to‘liq qoplanganligini e'tiborga olingan holda fuqarolarga qonunda belgilangan jazo berildi.  

Elmurod Ermatov
KUN.UZ muxbiri