“Formula-1”ning “Ferrari” jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel Kanadada ötgan bosqiçda ğolib böldi.
Marra çiziğini ikkinçi bölib “Mersedes” vakili Valtteri Bottas, uçinçi bölib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen kesib ötdi. Amaldagi jahon çempioni va uşbu mavsum yetakçisi Lyuis Xemilton 5-örin bilan kifoyalanib qoldi.
Fettel “Formula-1” poygasining 4 karra çempioni hisoblanadi. Şuningdek, nemis “Formula-1”dagi elliginçi Gran-prida ğalaba qildi, Kanada Gran-prisida esa ikkinçi bor zafar quçdi.
Uşbu ğalaba evaziga Fettel umumiy jadvalda Xemiltondan 1 oçko oldinga çiqib oldi: nemis poygaçisi 121 oçko, britaniyalik esa 120 oçko töpladi. 3-örinni 86 oçko bilan Valtteri Bottas egallamoqda.
Poyganing keyingi bosqiçi Fransiyada 22-24 iyun kunlari bölib ötadi.

















