Tojikiston poytaxti Duşanbega seşanba kuni Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullayev boşçiligidagi delegatsiya keldi, deb xabar bermoqda tojik OAV.
DXX rahbari Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Soymömin Yatimov bilan uçraşgan.
Uçraşuvda ikki mamlakatning maxsus xizmatlari örtasida terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraş sohasida hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi, deb yozadi «Avesta».
Taşrif doirasida Ixtiyor Abdullayev Roğun GES quriliş maydonçasiga ham borişi kutilmoqda.
Uçraşuv yakunlari böyiça idoralararo hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi. Bitimni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi va Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari imzolaşgan.

















