Jahon | 07:54 / 13.06.2018
9619
2 daqiqa o‘qiladi

Marsda kuzatuvlar olib borilgan vaqtdagi eng kuchli qum bo‘roni qayd qilindi

Foto: NASA

Marsda kuzatuvlar olib borilgan vaqtdagi eng kuchli qum bo‘roni qayd qilindi. U Opportunity marsoxodi ishiga o‘z ta'sirini o‘tkazgan. 

“Qizil sayyorada biz ko‘rgan eng kuchli bo‘ron 10 iyunda 15,8 kvadrat mil (41 mln kvadrat km, taxminan Shimoliy Amerika va Rossiyaning umumiy hududiga teng) maydonni qoplab olgandi. U quyosh nurini shunchalik to‘sib qo‘yganki, hozirda bo‘ron markazida bo‘lgan Opportunity roveri uchun kunni tunga aylantirgan”, deb aytilgan NASA xabarida. Agentlik mutaxassislari 13 iyunda brifing o‘tkazib, roverning holati va Marsdagi bo‘ron haqida ma'lumot berishmoqchi.

Opportunity Qizil sayyoraga 2004 yilda yetib kelgan. NASA’ning xabar qilishicha, uning ilmiy ishi 8 iyunda to‘xtatilgan, undan oxirgi ma'lumotlar 10 iyunda olingan. Ma'lumotlarga ko‘ra, rover harorati Tselsiy bo‘yicha 29 gradus sovuqni tashkil qilmoqda Koinot agentligida aytilishicha, dastlab xizmat qilish muddati 90 kunga mo‘ljallangan, biroq mana 15 yildirki faoliyat ko‘rsatayotgan roverda harorat rejimini ushlab turish uning ishlashi uchun hayotiy muhim omil hisoblanadi. 

Mavzuga oid