Bugun, 12 iyun kuni Toşkent şahri hokimiyati binosida tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari va şahar hokimiyati vakillari iştirokida «Toşkent – Örta Osiyoda eng yetakçi, tinç, gözal şaharga aylanadi» mazmunida anjuman bölib ötdi.

Tadbirda şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev iştirok etdi. 

«Hozirgi qilinayotgan islohotlarning sönggi bosqiçi xalqning köziga qaraganda yuzimizni olib qoçmaslikdir. Yuziga qarab, döstona muhitda gaplaşa olişimizdadir. Xalq va davlat bir-birini hurmat qilişi oxirgi nuqtamiz. «Rahmat, mana bu muammoni hokimiyat hal qildi», degan sözni doim eşitmagunça şunday işlaymiz.

Hozirgi kunda deyarli barça taşkilotlar xalqning köziga qaray olmaydi. Afsuski, köp yillar xalq bilan muloqotda xiyonat qilib qöyganmiz. Ular boşqa yerda, hokimiyat boşqa yerda böldi. Ikki yildan beri prezident şu muammolarni yeçiş ustida dam olmay işlayotganini endi tuşunib yetdim» – deya hokimning sözlarini keltiradi tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri. 

«Tadbirkorlarga mulk oçiq tanlov asosida beriladi. Bundan keyin heç kimning amakisi, toğasi yoki poççasi bu masalada imtiyozlarga ega bölmaydi», – deya va’da bergan Toşkent şahri hokimi.

Toşkent şahri hokimligi huzurida tuzilgan Jamoatçilik kengaşiga rahbari, yetakçi tadbirkor Hikmat Abdurahmonov ham uşbu uçraşuvda qatnaşib, şu sohadagi muammolar hamda ularning yeçimlari haqida fikr bildirdi.

Tadbirda tadbirkorlar va şahar hokimiyati bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş masalasi hamda poytaxtni Markaziy Osiyoda eng gözal şaharga aylantiriş borasida kutilayotgan rejalar muhokama qilindi.

Tadbir söngida şu yilning 12 iyul kuni Toşkentning Botanika boğida ötkazilişi rejalaştirilayotgan «Top-500» forumi haqida ma’lumot berildi. Forumda akkreditatsiyadan ötgan taniqli tadbirkorlar, elçilar, elçixonalarning savdo maslahatçilari va boşqalar qatnaşişi kutilmoqda. Forum Toşkent şahrini rivojlantirişga qaratilgan katta tadbirga aylanişi kutilmoqda.