Özbekistonda «iste'mol savatçasi» va «yaşaş minimumi» tuşunçasi joriy etiladi, şuningdek, ularni hisoblaş mezonlari aniqlaştiriladi. Bu 2018 yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan. Uşbu taşabbusni 1 iyulga qadar amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Özbekistonda iste'mol savatçasining minimal miqdori va yaşaş minimumini hisoblaş tartibi töğrisidagi loyiha e'lon qilindi.
Hujjatda qayd etilişiça, birinçidan, oziq-ovqat mahsulotlari röyxati va ularni iste'mol qilişning kunlik örtaça minimal tibbiy me'yorlari bugungi iste'mol darajasiga mos kelmaydi.
Ikkinçidan, minimal iste'mol savatçasi va yaşaş minimumi qiymati hamda tarkibi haqida jamoatçilikni xabardor qiliş böyiça aniq va şaffof mexanizm yöq. Uçinçidan, hisob-kitob qilişning metodologiyasi yöq. Törtinçidan esa, aholining ayrim qatlamlari pensiya, nafaqa va tölanadigan iş haqining miqdoridan qoniqmayapti.
Şu munosabat bilan vazirlik oziq-ovqat mahsulotlari va töliq hamda soğlom ovqatlaniş uçun zarur bölgan kunlik örtaça minimal tibbiy iste'mol normalari röyxatini tayyorladi.
Aholi böyiça oziq-ovqat mahsulotlarining eng kam töplami qiymatini aniqlaş uçun umumiy aholi tarkibidagi tegişli ijtimoiy-demografik guruh uluşi örtaça baholanadi.
Ijtimoiy-demografik guruhlarning olingan uluşlari uşbu ijtimoiy-demografik guruh uçun oziq-ovqat mahsulotlarining hisoblangan qiymatlariga köpaytiriladi va natijada olingan mahsulotlar umumlaştiriladi.
Asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar (bolalar, mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar) uçun bir sutkalik oziq-ovqat mahsulotlari qiymati oziq-ovqat mahsulotlari iste'molining örtaça bir sutkalik normativini bir oylik örtaça iste'mol narxlari haqidagi tegişli ma'lumotlarga köpaytiriş yöli bilan hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining bir qismi uy xöjaliklari tomonidan işlab çiqarilişi va iste'mol qilinişini hisobga olgan holda, alohida oziq-ovqat mahsulotlari böyiça sotib oliş narxi tegişli pasayiş koeffitsiyentlari bilan töğrilanadi.
Aholi va asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar (bolalar, mehnatga layoqatli aholi, nafaqaxörlar) böyiça minimal iste'mol savatçasi narxi bir qator oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar qiymatini umumlaştiriş bilan aniqlanadi.
Majburiy tölovlar va yaşaş minimumi hisob-kitobi uçun yiğimlar böyiça baholaş qiymati aholining umumiy tarkibida mehnatga layoqatli yoşdagi kişilar uluşini aks ettiruvçi koeffitsiyent yordamida yaşaş uçun minimal hisob-kitoblarni jamlaş bilan belgilanadi.

















