Yaqinda Kun.uz saytida “Özbekistonda oyiga 400 ming sömga qanday qilib yaşaş mumkin?” nomli maqola e'lon qilindi. Unda muallif har qanday iş beruvçi oyiga 426466 sömdan kam tölamaslikka majburligi, bu qoidaning natijasida xususiy sektordagi iş beruvçilar atayin oylik iş haqlarini 500-600 ming söm qilib belgilayotganini qayd etar ekan, «axir oyiga 500 ming sömga kun körib bölmaydi» deya ta'kidlaydi. Muallif fikrida davom etar ekan, «oyiga 500-600 ming maoş» muammosi davlat va jamiyatning muammosiga aylanmoği kerak» deb xitob qiladi.
Maqolani öqir ekanman, yurtimizda 500 ming söm oylik oladiganlardan ham noçorroq qatlam borligi, ular “nol yigirma beşlar qatlami” deb atalişi yodimga tuşib ketdi. Gap 0,25 stavkada işlayotgan xodimlar haqida ketayotganligini sezgan bölsangiz kerak.
Ötgan yili Facebook ijtimoiy tarmoğida eng kam oylik iş haqi 172 ming söm emas, 426 ming sömligi haqida yozgan paytim, ayrimlar e'tiroz bildirib, 150 ming söm oylik oladiganlar ham borku, aldamang deyişgandi. Keyin bilsam ular ham “nol yigirma beşlar qatlami”ni nazarda tutişgan ekan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy vakansiyalar bazasiga kirib, böş iş örinlarini qidirdim va 0,25 stavkalar bilan tanişib çiqdim.
Vakansiyalar röyxati

Tibbiyot sohasida

Ta'lim sohasida



















