Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 11 iyun kunidagi “Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida”gi qarori bilan 15 iyun dam oliş kuni sifatida belgilanganligi sababli abituriyentlardan oliy ta'lim muassasalariga hujjatlar 16 iyundan boşlab qabul qilinadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Avvalroq, qabul jarayoni 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etişi belgilangan edi.
Eslatib ötamiz, joriy yil taşkil etilişi rejalaştirilgan OTM qabul test natijalari onlayn e'lon qilinadi. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va keçki (smenali) ta'lim şakli uçun har yili 1 avgustdan 15 avgustgaça bölgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada ötkaziladi. Birinçi smena soat 08:00 da, ikkinçi smena soat 15:00 da boşlanadi.
Test topşiriqlarini bajariş uçun 30 ta test topşiriğiga 1 soat, 60 ta test topşiriğiga 2 soat, 90 ta test topşiriğiga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e'tibor beriş kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini töldiriş bilan birga berilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq kimlar test imtihonlaridan ozod etilişi haqida ma'lumot berilgandi.

















