BelAZ 2023 yilgaça Özbekistonga qariyb 200 ta oğir ağdarma maşina yetkazib beradi. Bu haqida BelAZ OAJ boş direktori Pyotr Parxomçik ma'lum qildi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Yaqinda Özbekiston tomoni bilan mazkur texnika vositalarini 2020-2023 yillar içida yetkazib beriş masalasi muhokama qilingan.
“Qariyb 200 ta oğir samosval Özbekistonga yetkazib beriladi, - dedi u. – Ilgari imzolangan şartnomaga köra esa 2017 -2018 yillar davomida BelAZ Özbekistonga 260 ta oğir karer ağdarma maşinasini yuborişi kerak. Mazkur kelişuv qariyb 70 foiz bajarildi. Ötgan yili 106 dona, joriy yil beş oyida 64 dona.
Belarus savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Ulaxoviçning ma'lum qilişiça, uşbu davlat kompaniyalari Özbekistonda, jumladan, qöşma korxonalar tuziş sohasida ham muvaffaqiyatli işlayapti. Ayni paytda tomonlar örtasida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va turizm böyiça hamkorlik qiliş jabhasida 11 ta kelişuv loyihasi ustida iş olib borilmoqda.

















