Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligidagi delegatsiya YuNeSKO bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga doir uçraşuvlar ötkaziş maqsadida Fransiyaga taşrifni amalga oşirmoqda. KUN.UZ muxbiri hukumatdagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Taşrif davomida Özbekiston delegatsiyasi Jahon merosi markazi direktori Mextild Ryossler hamda ICOMOS (International Council on Monuments and Sites -Qadimgi yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlaş böyiça xalqaro kengaş) maslahatlaşuv va monitoring boşqarmasi rahbari Regina Dyurigello bilan muzokaralar ötkazdi. Ularda Özbekiston va YuNeSKO örtasidagi hamkorlik aloqalariga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar şuningdek qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari böyiça fikr almaşişdi. YuNeSKO Mamlakat dasturini işlab çiqiş şular jumlasidandir.



monitoring boşqarmasi rahbari Regina Dyurigello bilan uçraşuv
Bundan taşqari, Aziz Abduhakimov Parijdagi Indoneziya elçisi Xotmangaradja Pandjaitan, Tanzaniya elçisi Samvel-Viliam Şelukindo va Tunis elçisi Gazi Jyerairiylar bilan muzokaralar ötkazdi.

monitoring boşqarmasi rahbari Regina Dyurigello bilan uçraşuv
Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar davomida mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi va bebaho me'morçilik obidalarini saqlab qoliş böyiça olib borilayotgan islohotlar haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi. Şu örinda 2018 yilning 9 iyunida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Özbekiston Respublikasining YuNeSKO Jahon merosi röyxatiga kiritilgan hududlarini muhofaza qiliş töğrisida"gi qarori qabul qilingani qayd etildi. Mazkur hujjat bilan röyxatga kiritilgan hududlar muhofazasini takomillaştiriş va YuNeSKO qoşidagi Jahon merosi qömitasi tavsiyalarini amalga oşirişga doir "Yöl xaritasi" tasdiqlangan.

















