Gallup Xalqaro tadqiqot markazi navbatdagi so‘rov natijalarini e'lon qildi. U xavfsizlik masalasiga bag‘ishlandi.

Global Law and Order so‘rovida qatnashgan shaxslardan tunda ko‘chada yurganda o‘zlarini xavfdan xoli his qilishlari yoki yo‘qligi hamda jinoyat qurboni bo‘lgan-bo‘lmaganliklari haqida so‘ralgan.

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz 5-davlat deb topildi. O‘zbekistondan oldin eng xavfsiz besh davlat safidan Singapur, Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya o‘rin olgan.

So‘rovda 142 davlat va hududda yashovchi 148 ming odam ishtirok etgan.