Rio Olimpiadasi çempioni Fazliddin Ğoibnazarov professional ringdagi navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQŞda ötkazadi.
Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, «Lakefront Arena» saroyi mezbonlik qiladigan jang oqşomida hamyurtimiz mezbon boksçi Kevin Jonsonga qarşi ringga kötariladi.
Ma'lumot uçun, Fazliddin Ğoibnazarov şu kungaça professional boksda 4ta jang ötkazgan va ularning barçasida ğalaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Jonson esa bungaça 5ta jangda ringga çiqqan va ularning barçasida raqiblarini mağlub etgan (4tasi nokaut).

















