Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev ruhiy kasalliklar shifoxonasini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 26 iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bo‘lib, binolarni qurish va ta'mirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari joriy yil 15 iyun kuni bu yerga yana kelib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Klinikada 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan, qolganlari rekonstruksiya qilinib, kapital ta'mirlangan. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etilgan, zamonaviy tashxis uskunalari o‘rnatilgan.

Bu yo‘nalishda ham ishlar boshlandi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mazkur yangi klinikani respublikaning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlang‘ich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.






Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026