AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoydan bölgan tovarlarga 50 mlrd dollarlik bojlar joriy etilişini ma'qulladi. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbalarga asosan yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga köra, qaror milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilar va Moliya vazirligi hamda Savdo vazirligi vakillari iştirokidagi yiğiliş yakunlari böyiça qabul qilingan.

Tasdiqlangan röyxatdan bölgan tovarlarga 25 foizlik soliq solinadi. Biroq, hozirgi vaqtda bojlar aynan qaçondan kuçga kirişi noma'lum bölib turibdi.

Gazetaning ta'kidlaşiça, bu qaror may oyi oxiridagi AQŞ hamda Xitoy örtasida savdo uruşini töxtatiş böyiça kelişuvlarga ziddir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kanadaning 270 foizlik bojlari haqida ma'lum qilgandi.