AQŞ Davlat departamenti Rossiyadagi JÇ-2018ga taşrif buyurişni rejalaştirayotgan amerikaliklarga murojaat bilan çiqdi.
«Jahon çempionati kabi keng kölamli xalqaro hodisalar terrorçilar uçun juda «jozibador» nişon sanaladi. Jahon çempionatida xavfsizlik çoralari kuçaytirilişiga qaramay, terrorçilar stadionlar, fan-hududlar, diqqatga sazovor joylar, vokzallar va boşqa jamoat joylariga hujum uyuştirişi mumkin», - deyiladi idora murojaatida.
Şuningdek, Amerika hukumatining ta'kidlaşiça, Rossiyada işqibozlar şilqimliklarga uçraşi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda boşqa mansabdor şaxslar tomonidan kamsitilişi mumkin.
Amerikaliklar xorijliklar orasida jahon birinçiligi uçraşuvlariga çiptalar xarid qiliş böyiça yetakçi sanaladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina JÇ-2018 nega translyatsiya qilinayotganini tuşuntirib bergandi.

















