Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Fransiyaga taşrifining ikkinçi kunida YuNeSKO qoşidagi Baxrayn elçisi Muhammad Abdul Ğaffor, Braziliya elçisi Mariya Reis, Gvatemala elçisi Luis Falla, Xitoy elçisi Şen Yang, Kuvayt elçisi örinbosari Muhammad Al-Mutairiy va Uganda elçisi Elli Kafero bilan uçraşuvlar ötkazdi. KUN.UZ hukumatdagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Muzokaralar doirasida çet el diplomatlariga Özbekistonda noyob me'morçilik yodgorliklari, tarixiy obektlari va diqqatga sazovor joylarni saqlab qoliş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Uçraşuvlarda madaniy-tarixiy merosni muhofaza qiliş va mustahkamlaşga doir çora-tadbirlarning amalga oşirilişiga, şuningdek prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan özbek xalqining boy madaniy merosini saqlaş, örganiş va tarğib qiliş böyiça boşlangan keng kölamli loyihalar taqdimotiga alohida e'tibor qaratildi.
Uçraşuv davomida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyundagi "YuNeSKO Jahon merosi röyxatiga kiritilgan Özbekiston Respublikasi hududlarini muhofaza qiliş töğrisida"gi qarorida körsatilgan ustuvor yönalişlar va vazifalar haqida batafsil ma'lumot berildi. Xorijiy mamlakatlar diplomatlari respublikamizning iqtisodiy va madaniy, şuningdek turizm sohalaridagi salohiyati bilan tanişiş imkoniga ega bölişlari uçun Özbekistonga taklif qilindi.
Bundan avval KUN.UZ'da Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi BMTning ta'lim, ilm-fan va madaniyat masalalari böyiça maxsus muassasasi va uning Parijda röyxatdan ötgan a'zolari bilan özaro konstruktiv hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida Fransiyaga taşrifni amalga oşirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Baxrayn elçisi Muhammad Abdul Ğaffor bilan

Braziliya elçisi Mariya Reis bilan

Gvatemala elçisi Luis Falla bilan




















