Özbekiston blogerlari çempionati yakuniga yetdi. Toşkentda Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan qator milliy va xorijiy hamkorlar bilan taşkil etilgan va şu yilning 12 aprelida boşlangan blogerlar çempionati ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi, deb yozadi “Narodnoye slovo”.

387 nafar iştirokçi qatnaşgan uşbu “turnir”da jami qariyb 500 ga yaqin ijodiy işlar körib çiqildi. Xususan, 3 — 10 iyun kunlari bölib ötgan final bosqiçiga 21 ijodiy iş kelib tuşgan.
Joriy tanlovda iştirokçilarni baholaşning yangi tizimi qöllanildi. Ya'ni oldingi çempionatlarda umumiy miqdorda köp ovoz olgan blogpost muallifi ğolib çiqqan bölsa, bu gal ijodiy işlar tarkibidan turli sohalar vakillari, tajribali blogerlar va hatto Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati örin olgan maxsus hakamlar hay'ati tomonidan öta jiddiylik bilan baholab borildi.
Yakunda bloger Şahnoza Töraxöjayeva “Bizga turli ittifoqlar kerak” blogposti bilan birinçi örinni (15 mln söm), blogerlar Xuşnudbek Xudoyberdiyev “Mehnatning tagi mehnat. Rohat qaçon?”, Muzaffar Qosimov “Ortda qolib bölmaydigan poyga” maqolalari bilan ikkinçi örinni (8 mln sömdan) egalladi. Yana tört nafar blogerning ijodiy işi uçinçi poğonaga munosib körildi (5 mln sömdan).
Bundan taşqari, turli nominatsiyalar böyiça ham ğoliblar aniqlandi. Nominatsiyalar ğoliblari homiylar tomonidan esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
















