Olimpiya öyinlari çempioni, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin Ğoibnazarov navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQŞda ötkazişi xabar berilgandi. 

«Lakefront» arenasi mezbonlik qiladigan jang oqşomida hamyurtimiz amerikalik Kevin Jonsonga qarşi ringga kötariladi.

Statistikaga nazar taşlaydigan bölsak, Fazliddin hozirgaça professional boksda 4ta jang ötkazib ularning barçasida ğalaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Raqib ham ötkazgan barça jangini öz foydasiga hal qila olgan. (5ta jang, 4tasi nokaut).

Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati boksçi bilan boğlanib, uning jangga tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.

«Jangga Kaliforniyada tayyorgarlik köryapmiz. Murabbiyim Abror Tursunpölatov bilan işlayapman. Oldinda bir oylik maşğulotlar kutib turibdi. Sparring janglarni boşlaganmiz. Maşğulot janglari meksikalik va amerikalik boksçilarga qarşi ötkazilmoqda. Şuningdek, qozoğistonlik raqib ham maşğulotlarda men bilan birga işlaydi. Maşğulotlardagi raqiblarimning barçasi baland böyli va asosan öng qölda jang qiladi. Kevin Jonsonning bundan oldingi janglarini örganib çiqyapmiz. Uning nozik tomonlarini topişga ham ulgurdik. Tayyorgarlik jarayonida bu tomonlar ham inobatga olinadi.

Raqibning körsatkiçi meni qörqitayotgani yöq. Agar boksda qörquv sezadigan bölsang faoliyatingni yakunlab qöyganing yaxşiroq. Ringga öz kuçingga yuqori işonç bilan çiqiş lozim. Men doimo şu tarzda jangga çiqaman. Ortimda butun mamlakat turganini, meni qöllab-quvvatlayotganini bilaman. Bu menga yanada köproq kuç bağişlaydi», – dedi Fazliddin Ğoibnazarov.