Xitoy Tijorat vazirligidan ma'lum qilişlariça, mamlakat hukumati AQŞ va Yaponiyadan import qilinuvçi mahsulotlarga nisbatan dempingga qarşi vaqtinçalik çoralar joriy etmoqda. Bu tovarlarda yod-vodorodli kislota borligi sabab yuz berdi, deyiladi idora saytida.
Vazirlik ma'lumotlariga köra, AQŞ hamda Yaponiya Xitoy bozoriga mahsulotlarni arzon narxda yetkazib bermoqda, bu esa «XXR mahalliy sanoatiga ança jiddiy zarar yetkazyapti».
Ta'kidlanişiça, dempingga qarşi bojlar hajmi 41,1 - 118,8 foizni taşkil etadi va har bir aniq firma uçun alohida belgilanadi.
Şu bilan birga, bunday çoralar 23 iyundan kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ savdo vakili Robert Laytxayzer Qöşma Ştatlarning Xitoy tovarlari importiga 50 mlrd dollarlik qiymatdagi bojlari 6 iyuldan boşlab kuçga kirişini ma'lum qilgandi.

















