Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga qo‘shimcha 198 mln dollar ajratishga qaror qildi
Foto: ADB
Osiyo taraqqiyot banki 15 iyun kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavotchilik sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirish uchun 198 mln dollar miqdorida kredit taqdim etishni tasdiqladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha fermer-bog‘bonlarning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan:
«Meva-sabzavotchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va meva-sabzavot sohasidagi ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb qilingan korxonalarning ko‘prog‘i uzoq muddatli moliyalashtirishni olishi mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqaviy departamenti tabiiy resurslar hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap.
Hozirgi kredit, O‘zbekistonda OTB 2016 yilda boshlagan hamda meva-sabzavotchilikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihaning davomi bo‘ldi. O‘shanda 154 million dollar ajratildi, ularni hukumat banklarga qayta kreditladi, bu ular fermerlar va korxonalarga subkreditlar taqdim etish uchun qilingan.
Mavzuga oid
14:25 / 26.12.2025
Prezident: tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘riladi
16:12 / 12.11.2025
OTB O‘zbekistonga mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi
13:28 / 16.04.2024
Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha yangi prognozlarni taqdim etdi
07:53 / 06.08.2022