10 kundan keyin Toşkent şahrida «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşining yiğilişi bölib ötadi. Kengaş a'zolari özining taqdirini Özbekiston bilan boğlagan, jamiyatni yuksaltirişga bel boğlagan kişilar hisoblanadi. Şuningdek, ularning köpçiligini bir narsa birlaştiradi - ekspertlar bir vaqtlar Özbekistonda yaşagan, ta'lim olgan. Lekin savol paydo böladi: şunçalar muvaffaqiyatli şaxslarning çetga çiqib ketişiga nima turtki bölgandi?

Vaziyatga töğri baho beriş uçun 2000 yillarga qadar Özbekistondan ketgan mutaxassislarni muhokama maydonidan çiqarib yuboramiz. Negaki, bu vaziyat Sovet ittifoqidan qolgan «meros»ni hazm qilolmayotgan jamiyatlarda ham birdek kuzatildi. Şunga qaramasdan, “oltinboşlar”ni yöqotiş yangi davrda ham davom etdi. Şu pallada birin-ketin Toşkent şahrida oçilgan xorijiy oliygohlarning filiallari «portlaş arafasidagi minani sekinlaştirdi» desa böladi.

«Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi tarkibiga kirgan öz sohasining yetuk kadrlari bilan tanişsangiz, ularning 30 foizi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining sobiq talabalari bölganini anglaysiz. Umuman olib qaraganda, mamlakatdagi eng nufuzli oliygohlardan biri böla turib, bitiruvçilarning aksariyati çet elda ta'limni davom ettiriş, öşa yerda işlaşni afzal bilgan.

«Afsuski, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  çinakam istiqbolli, öz kasbiga sadoqatli va professional yoş kadrlar tayyorlaş böyiça vazifalarni tölaqonli bajarayotgani yöq. Universitet bitiruvçilarining davlat idoralariga işga joylaşişi öta past darajada qolmoqda», deb oliygoh faoliyatini tanqid qilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev.

Misol uçun, 2017 yilda universitetni bitirgan 235 yoşlarning atigi 14 nafari Taşqi işlar vazirligiga işga qabul qilingan. Ammo, yuzaga kelgan vaziyatga sababçi bölib turgan masalalar öz yeçimini topmayapti. Özbekistonlik mutaxassislarni xorijda faoliyatini davom ettirişga undagan eng katta omil - maoş va işdagi munosabat. Bu sababni heç yaşirmay aytiş kerakki, vaziyat hanuzgaça önglanmagan.

«​Umidçi borgan işxonasida oylik maoş pastligi, şaroit yöqligi esa oilani halol boqiş uçun boşqa işlarni izlaşga undagan. Undan taşqari uni mutaxassis sifatida qabul qilmasdan, balki öziga xavf sifatida köradigan rahbarlarga duç kelgani esa eng katta salbiy holatlarni yuzaga kelişiga sabab bölgan»​, deydi Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Şerzod Şermatov. U mazkur voqeani «Umid» jamğarmasi orqali xorijda ta'lim olgan yoşlar misolida tuşuntirgan.

Masalaga boşqa köz bilan qaraydigan bölsak, Jahon banki 2013 yil taqdim etgan ma'lumotda Özbekiston aholisining 14,1 foizi kambağallikda umr keçirişi hamda şu toifaga kiritilgan kişilar yaşaş uçun zarur bölgan minimumga ega emasligi aytilgan. Şunday ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida turib, Özbekistonda byurokratik tizimni yengillaştiriş, korrupsiya bilan şuğullanişga astoydil harakat qilinmadi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev şunday deydi: