Rossiyaning “Nikol-Pak” kompaniyasi Özbekistondagi “Angren Pack” AJni töliq sotib olmoqçi. Bu haqda respublika fond birjasi xabar berdi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

Ma'lum qilinişiça, Rossiya kompaniyasi iyun oyi boşida mazkur korxonaning nazorat paketi (53 foiz)ni sotib olib, uning ilgari Paper Mill Holding (Çexiya)ga tegişli bölgan 215 600 ta aksiyasi egasiga aylangandi.

Endilikda “Nikol-Pak” korxonaning qolgan 10 mingta oddiy qimmatbaho qoğozini har birini 10 ming sömdan xarid qilib olmoqçi. Agar Rossiya kompaniyasi 30 kun içida aksiyalarni sotiş böyiça yozma rozilikka ega bölsa, ularni xarid qiliş majburiyatini olgan.

Ma'lumot uçun, “Angren Pack” Özbekiston qoğoz sanoatida yetakçi korxona bölib, Markaziy Osiyoda tara karton va gofrotara işlab çiqariş böyiça eng yirigi hisoblanadi. Öz navbatida, bu yerda şaxsiy gigiyena mahsulotlari, jumladan, qoğoz salfetka va soçiqlar tayyorlanadi. Kompaniyaning yillik quvvati 100 ming tonna qoğoz va 120 million metr kvadrat gofrokartonga teng.

“Nikol-Pak” esa Rossiyada yiliga 250 ming tonnadan ziyod tayyor qoğoz yetkazib beruvçi beşta işlab çiqariş maydonini özida birlaştirgan. Bu uşbu mamlakatdagi yagona vertikal integrallaşgan kompaniya bölib, karton gilzalari va himoya burçaklarini işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya hisoblanadi.