Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina birinchi prezidenti: Saraton o‘simtasi - Donbassni kesib tashlash kerak
Ukraina birinchi prezidenti Leonid Kravchukning ma'lum qilishicha, Donbassni Kiyevga unitar bo‘ysunuvchi mintaqaga aylantirish bo‘yicha harakatlar yangi mojaroga olib kelishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Ukraina OAVga asosan xabar tarqatdi.
Kravchukning so‘zlariga ko‘ra, bunday urinish to‘xtatish juda qiyin bo‘ladigan mojaroga olib keladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, maslahatlashish va muammoga yechim topish yo‘llarini izlash kerak. Masalan, mintaqaga ma'lum bir muxtoriyatni taqdim etish. Kravchuk referendum o‘tkazilishini istisno etmagan.
«Men Goncharni (ukrainalik yozuvchi -tah.) butunlay qo‘llab-quvvatlamasam ham, undan iqtibos keltiraman. Uning kundaliklarida shunday yozilgan: «Ukraina tinch va ko‘p rivojlanishi uchun, biz undan saraton o‘simtasi - Donbassni kesib tashlashimiz lozim», - deya ma'lum qilgan Kravchuk.
Uning ta'kidlashicha, tinch tajribani qo‘llash muhim hamda deyarli ajralib bo‘lgan mintaqani qaytarish samarasiz bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik deputat «falokat» haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026