11:03 / 19.06.2018
16411

Igor Shkvirin murabbiylikka qaytdi

Foto: championat.asia

O‘zbekiston Pro-ligasida ishtirok etayotgan Termizning «Surxon» klubi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning o‘rnini «Olmaliq» va «So‘g‘diyona» klublarining sobiq ustozi Igor Shkvirin egalladi. 

Dilshod Nuraliyev esa O‘zbekiston U17 o‘smirlar terma jamoasida ish boshlashi kutilmoqda.

Ayni paytda «Surxon» Pro-liga 15-turidan so‘ng, «A» guruhida 26 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egallab turibdi.

Top