Malmyo (Shvetsiya)dagi otishma natijasida jarohat olgan ikki kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Seshanba kuni mahalliy politsiya saytida shu haqida xabar berildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga ko‘ra, 18 yoshli o‘smir va 29 yoshli erkak otishma qurboni bo‘lgan.
Dastlab voqea natijasida besh kishi shifoxonaga joylashtirilgani haqida ma'lum qilingan edi. Voqea terakt sifatida ko‘rilmayapti.















