Özbekiston 27 mart kuni Toşkentda ötkazilgan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyada erişilgan kelişuvlarga muvofiq, uşbu qöşni mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga kömaklaşişga qaratilgan xatti-harakatlarini davom ettiradi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilgan.
Ötgan davr mobaynida Özbekiston tomoni Afğoniston hukumati, AQŞ vakillari, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga a'zo davlatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, Örta va Yaqin Şarq mamlakatlari vakillari bilan qator maslahat uçraşuvlari va muzokaralarni ötkazdi.
«Şu bilan bir qatorda, Toşkent konferensiyasi iştirokçilari pozitsiyasini birlaştirişni amalga oşiriş maqsadida özbek tomoni «Tolibon» harakatining yuqori darajali vakillari bilan tegişli aloqalarni örnatib, ötkazilgan uçraşuvlarda Afğonistonda uzoq muddatlik tinçlik va barqarorlikni örnatiş va uni iqtisodiy rivojlantiriş uçun muloqot va özaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi», — deya qayd etiladi bayonotda.
Ramazon Hayiti munosabati bilan Afğoniston hukumati va «Tolibon» örtasida öt oçişni özaro töxtatiş töğrisida sulhga erişilgan edi. Özbekiston bu qarorni olqişlagan.
«Özbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afğoniston hukumati va «Tolibon» harakati örtasida öt oçişni töxtatiş rejimi örnatilganini olqişlaydi. Özbek tomoni mazkur sulh Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani tomonidan öt oçişni töxtatiş rejimi muddatini uzaytiriş haqida e'lon qilgani ortidan muddatsiz davom etişiga umid bildiradi», — deyiladi bayonotda.
Özbekiston öz hududida Afğoniston hukumati va «Tolibon» harakati örtasida töğridan-töğri muzokaralar ötkazilişi uçun barça zarur şaroitlarni yaratib berişga tayyorligini ma'lum qilgan.

















