Dunyodagi barça dollar millionerlarining umumiy boyligi 2017 yilda 10,6 foizga köpayib, birinçi marta 70 trillion dollardan oşib ketdi. Bu haqda Capgemini SA şarhida ma'lum qilingan.

World Wealth Report’ning har yillik hisobotiga köra, ötgan yil millionerlar soni 1,6 mln kişiga köpaygan. Bunda yangi millionerlarning 4 dan 3 qismi Şimoliy Amerika va Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga töğri kelgan. 

Investitsiya qilgan aktivlari kamida 1 mln dollarga baholanuvçi odamlar soni Şimoliy Amerikada 5,66 mln kişini, Yevropa - 4,83 mln kişi, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi - 6,18 mln kişi, Yaqin Şarq - 660 ming kişi, Lotin Amerikasi - 600 ming kişi, Afrikada 170 ming kişini taşkil qilmoqda. 2017 yil oxirida AQŞ, Germaniya, Yaponiya va Xitoyda dunyoning barça millionerlarining 61,2 foizi yaşagan. 

Osiyolik millionerlarning umumiy boyligi 21,59 trln dollarga, şimoliy amerikaliklarniki 19,79 trln dollarga, yevropaliklarniki esa 15,85 trln dollarga baholangan.

Millionerlar boyligining deyarli uçdan bir qismi aksiyalarda (30,9 foiz), biroz kamroği pul va uning ekvivalenti körinişida (27,2 foiz), 16,8 foizi köçmas mulk körinişida saqlanadi. 

Ta'kidlanişiça, 2025 yilga kelib dollar millionerlarining umumiy boyligi 100 trln dollargaça yetişi mumkin. Bu 2006 yilgi körsatkiçdan deyarli 3 barobar köproq demakdir. 

World Wealth Report öz hisobotini tuzişda hissasiga dunyo yalpi milliy daromadining 98 foizi va global fond bozorlari kapitallaşuvining 99 foizi töğri keluvçi 71 ta davlatdan olingan ma'lumotlardan foydalanadi.