Pentagon rasmiy vakili Mayk Endryusning CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, Turkiya AQSh kongressi qarshiligiga qaramay, Amerikaning F-35 qiruvchilarini qabul qilib oladi.

Ta'kidlanishicha, samolyotlarni topshirish marosimi Texas shtatidagi Fort-Uertda payshanba, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Endryusning so‘zlariga ko‘ra, turk uchuvchilari ayni paytda AQSh harbiy-havo kuchlarining Arizonadagi aviabazasida bo‘lib, bunday turdagi qiruvchida mashq parvozlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Amerika tomoni qarori bilan Turkiyani F-35 qiruvchilari ishlab chiqaruvchilari dasturidan chiqarib tashlash tufayli Anqara muqobil variantlarni topishi haqida ma'lum qilgandi.