Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlari taqqoslandi
AQShning Military Watch jurnali Rossiyaga tegishli Su-57 va Amerikaning F-35 qiruvchisi xususiyatlarini taqqosladi hamda AQSh samolyoti ko‘p jihatlar bo‘yicha ortda qolishi haqidagi xulosaga keldi. Shu bilan birga, nisbatan yangi F-22 va uning Rossiya raqobatchisi bir xil darajadadir.
Nashrning ta'kidlashicha, Su-57 F-35’ning jangovar imkoniyatlarini barcha parametrlar bo‘yicha ortda qoldiradi. Bunda parvoz masofasi, foydalanish balandligi, tezlik, manyovr qilish qobiliyati va yuk ko‘tarish imkoniyati bor. Bundan tashqari, Rossiya qiruvchisi Amerika samolyotida bo‘lmagan infraqizil qidiruv hamda boshqa funksiyalar bilan jihozlangan.
Bunday taqqoslash uchun AQSh Mudofaa vazirligining Turkiyaga F-35 yetkazib berishdan ehtimoliy bosh tortishi sabab bo‘lgan. Mualliflarning fikricha, Turkiya tomonidan Rossiya qiruvchilarining xarid qilinishi, garchi Anqara va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirsa ham, Turkiya harbiy-havo kuchlari uchun kuchayish sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh kongressi qarshiligiga qaramay, F-35 qiruvchilarini olishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026