Harbiy kema-taşuvçida örnatilgan, dengizda joylaştiriluvçi elektromagnit relsli zambarak Xitoy harbiy-dengiz kuçlari arsenalida 2025 yilda paydo bölişi kerak. Bu haqda CNBC AQŞ razvedkasi hisobotiga asosan xabar berdi.

Xitoy hozirgi vaqtda qurolni sinovdan ötkazmoqda. Unda snaryadlarni harakatlantiriş uçun poroxning örniga elektromagnit maydon energiyasi qöllaniladi. Bunday relsli zambarak 90 soniya içida 200 kilometrdan ortiq bölgan masofadagi obektga zarba berişi mumkin, deyiladi hisobotda. Ta'kidlanişiça, dunyodagi eng qudratli bu harbiy-dengiz zambaragi 2025 yilga kelib uruşda foydalaniş uçun yaroqli böladi.

AQŞ maxsus xizmatlari taxminiga köra, bunday qurolda işlatiluvçi patronlarning har biri 25 mingdan 50 ming dollargaça turadi.