Tagiga olmaydigan qoplamali (sirli) idişlarda mavjud moddalar inson organizmiga tuşganda saraton kasalligini keltirib çiqarişi mumkin. Daily Mail Vaşington atrof-muhit muhofazasi agentligi ma'ruzasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Tadqiqot ma'lumotlariga köra, siri köçgan tova yoki kastryuldan foydalanilsa, perftoroktan kislota inson organizmiga salbiy ta'sir qilişi mumkin. Bu modda şuningdek suvga va ötga çidamli materiallar tarkibiga ham kiradi. 

Ta'kidlanişiça, perftoroktan kislota zarraçalari toksik xususiyatlarga ega. Ularning inson organizmiga tuşişi saraton rivojlanişi, xolesterin miqdorining oşişi va immun tizimi funksiyasining pasayişiga olib kelişi mumkin.

Laboratoriya hayvonlari ustida ötkazilgan tadqiqotlar uşbu moddaning jigar, oşqozon osti bezi va jinsiy a'zolar saratoniga olib kelişini körsatdi. Bundan taşqari, perftoroktan kislota bepuştlikni keltirib çiqarişi mumkin.