Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 12 kishi Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun hibsga olindi
Turkiyaning Izmir shahri sudi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an sha'niga uning prezident saylovlaridagi asosiy raqibi Muharram Injye tarafdorlarining 21 iyundagi namoyishi oldidan haqoratli so‘zlar aytgan 12 kishini hibsga oldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlar mast holatda namoyish oldidan restoranda Erdo‘g‘an nomiga haqoratli so‘zlarni hayqirib aytishgan. Bu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan. Hibsga olinganlarga yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslarni haqorat qilish aybi qo‘yilgan.
Turkiya qonunlariga ko‘ra prezidentni haqorat qilganlik uchun jarima yoki bir yildan 4 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Muxolifat hukumat bu moddani Erdo‘g‘an siyosatiga qarshi bo‘lganlarga nisbatan qo‘llashda ayblab keladi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026