O‘zbekiston | 10:16 / 28.06.2018
25909
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Xalqaro oila kuni nishonlanadi

Foto: xdp.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi

Hujjat bilan “Oila” markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilikning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentabrdagi A/RES/47/237-son rezolyutsiyasi bilan e'lon qilingan Xalqaro oila kunini respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

“Oila” markazi respublikada 2019 yilda va keyingi yillarda Xalqaro oila kunini nishonlash to‘g‘risidagi Hukumat farmoyishi loyihasini 2018 yil 1 sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muntazam ravishda sport va madaniy tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularni Xalqaro oila kuni arafasida o‘tkazishga alohida e'tibor qaratadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid