Prezident qarori: O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etildi
“O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.
Davlat filarmoniyasi O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san'at saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Davlat filarmoniyasining asosiy vazifasi etib, shu jumladan milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san'atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish etib belgilandi.
Qarorga muvofiq Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziyani olmasdan, konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
07:21 / 23.12.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar bazasi kengaytiriladi
22:45 / 18.02.2020
Prezident farmoni: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi
19:42 / 01.08.2019
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta'minlash borasidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi
09:17 / 30.04.2019