Mavjud soliq tizimida eskirgan uslub va prinsiplarga asoslangan iş faoliyati - soliq bazasini kengaytiriş va soliq yiğiluvçanligini oşirişni ta'minlaş imkonini bermadi, mazkur sohada öz yeçimini kutayotgan dolzarb muammolarning mavjudligi tizim samaradorligiga salbiy ta'sir körsatdi.
Kadrlarni tanlaş va joyiga qöyişda bilim va professional qobiliyati emas, balki taniş-bilişçilik, tamagirlik illatlari mavjudligi korrupsiya rivojlanişiga şaroit yaratgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3802-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq soliq idoralarida korrupsiyaviy jihatlarga barham beriş maqsadida, çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş boş boşqarmasi hamda uning hududiy bölinmalarining faoliyati tugatildi.
Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlariga malakali kadrlarni tanlaş böyiça Davlat soliq qömitasida Respublika işçi guruhi taşkil etildi va işga kiriş istagini bildirgan fuqarolarni işga qabul qiliş jarayoni boşlandi.
Buning uçun soliq.uz yoki my.soliq.uz saytlari orqali rezyume hamda işga kiriş motivatsiyasi (maqsadi)ni elektron şaklda yuboriş imkoniyati yaratildi.
“Bundan buyon soliq organlariga işga kirişda tubdan yangiça tizim - adolatlilik, şaffoflik prinsiplari asosida amalga oşiriladi va işga kiriş yuzasidan qilingan murojaatlar töliq körib çiqilişi ta'minlanadi”, deyiladi KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotda.













