“Yoshlar kuni“ munosabat bilan joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida “Marafon-2018“ tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan 30 iyun, soat 8:00 dan 11:00 ga qadar Temiryo‘lchilar va G.Aliyeva ko‘chalarida avtotransportlar harakati vaqtincha cheklanadi. 

Marafonga soat 8:00da Temiryo‘lchilar ko‘chasida joylashgan AYoQSh oldida start beriladi.