«Özavtosanoat» kompaniyasi boşqaruvi sobiq raisi Umidjon Salimov şu kompaniyaning öziga işga qaytdi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida xabar berilgan.
Ma'lum qilinişiça, Umidjan Zakirdjanoviç Salimov «Özavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining rivojlantiriş va marketing böyiça örinbosari etib tasdiqlandi. Örta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantiriş strategiyasi va dasturlarini işlab çiqiş, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini ötkaziş «Özavtosanoat» AJning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Umidjon Salimovni lavozimidan ozod etiş haqidagi qaror Prezident Şavkat Mirziyoyevning 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uçun belgilangan işlab çiqariş va eksport körsatkiçlarini ta'minlaş, tarmoqning rivojlaniş istiqbollarini belgilaş masalalariga bağişlangan yiğilişida qabul qilingandi.
«Özbekiston 24» telekanali bergan ma'lumotga köra, Salimovning lavozimidan böşatilişiga uning faoliyatidagi kamçiliklar va sohadagi qoniqarsiz holatlar sabab bölgan.
Ayni paytda kompaniya boşqaruv raisi etib, avval Boş prokuratura tizimida faoliyat körsatgan, Şavkat Umurzoqov tayinlangan.
















