Musiqiy tahlilçilar 21-asrning eng yaxşi qöşiqlari reytingini tuzişdi. Uşbu röyxat Rolling Stone naşri saytida e'lon qilingan.
Ta'kidlanişiça, naşr tahririyati musiqaçilar, prodyuserlar va tanqidçilarga 2000 yildan keyin çiqqan “eng yaxşi qöşiqlar”dan iborat öz röyxatlarini tuzişni söragan. Söngra javoblar taqqoslab çiqilib, yakuniy reyting tuzilgan.
Reytingga köra, 1-örinni amerikalik qöşiqçi Beyonsening “Crazy in Love” qöşiği egallagan. Bu qöşiq Beyonsening 2003 yildagi ilk albomi “Dangerously in Love”da paydo bölgan. Qöşiq uning turmuş örtoği, rep ijroçi Jyey-Zi iştirokida yozilgan.
Britaniyalik qöşiqçi M.I.A.’ning “Xarobalardan çiqqan millioner” filmi uçun saundtrek bölgan “Paper Planes” qöşiği 2-örinni egallagan. 3-öringa “The White Stripes” rok-guruhining “Seven Nation Army” qöşiği qöyilgan.
Şuningdek, yetakçi öntalikdan Outkast duetining “Hey Ya!” kompozitsiyasi, Jyey-Zining “99 Problems”, AQŞning Yeah Yeah Yeahs indi-guruhining "Maps", Kane Uestning "Runaway", britaniyalik qöşiqçi Adelning "Rolling in the Deep", yangi zelandiyalik qöşiqçi Lordining "Royals" va The Strokes guruhining "Last Nite" qöşiqlari joy olgan.

















