Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MMA jangchisi ayollarga shilqimlik qilgani uchun qamalishi mumkin
AQSh politsiyasi aralash jang san'atlari (MMA) jangchisi Imani Smitni yomon xatti-harakatlarda ayblab hibsga oldi.
Wtkr.com xabariga ko‘ra, Virjiniya politsiyasi deyarli bir oy davomida o‘tkinchi shaxslarga shilqimlik qilib, axloqsiz ishlarni sodir etgan jinoyatchini izlash bilan shug‘ullangan. Huquqni muhofaza qilish organlari 10ta shunday holatni qayd etishgan. Ta'kidlanishicha, jinoyatchi mashinada o‘tirib yonidan o‘tib ketayotgan ayollarga savol bergan, so‘ng axloqsiz xatti-harakatni amalga oshirgan.
Savdo markazlaridan birining yonida shunday ish bilan shug‘ullangan shaxs Smit bo‘lib chiqdi. Sportchining o‘zi bu ayblovlarni rad etib, jinoyatlar yuz bergan paytda shahardan tashqarida bo‘lganini iddao etmoqda. Hozirda jangchi garov evaziga ozodlikka qo‘yib yuborilgan.
AQSh qonunchiligiga ko‘ra, Smit yirik miqdorda jarimaga tortilishi va 12 oyga qamalishi mumkin. Ushbu ish bo‘yicha eshituvlar 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026