Toşkentda Qozoğiston va Özbekiston Xavfsizlik kengaşlari apparatlari örtasida kengaytirilgan maslahatlaşuvlar bölib ötdi.

Oqörda matbuot xizmati xabariga köra, muzokaralar çoğida mintaqaviy xavfsizlik va ikki tomonlama hamkorlik masalalari körib çiqildi, Afğonistondagi vaziyatni hisobga olgan holda Markaziy Osiyodagi holatning bugungi holati va rivojlaniş istiqbollari, harbiy-texnikaviy va harbiy sohalarda hamkorlikni yanada kengaytiriş muhokama qilindi.

Şuningdek, kun tartibiga noqonuniy migratsiya bilan kuraşiş, bojxona nazorati, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini takomillaştiriş sohasidagi hamkorlik ham olib çiqildi.

Bundan taşqari, tomonlar Qozoğiston-Özbekiston davlat çegarasida nazorat-ötkaziş punktlarini, avtomobil yöllarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş, çegaraoldi hududlarni obodonlaştiriş böyiça yöl xaritasi bandlari bajarilişining dastlabki natijalarini körib çiqdilar.

Yiğilişni Qozoğiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Nurlan Yermekbayev va Özbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov boşqardi.