30 iyunda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxyonan-Pukto viloyatida joylashgan KPA №1524 harbiy bazasiga tekshiruv bilan kelgan. Yonhap News axborot agentligi e'lon qilgan suratlarga ko‘ra, Kim Chen In bazaga Rossiyada ishlab chiqarilgan Lada Priora’da kelgan.

Foto: Yonhap News

“AvtoVAZ” mashinasini uning disklari va an'anaviy to‘q yashil rangidan tanish mumkin. Bu model 2017 yil mayida ishlab chiqarishdan olingan, biroq hozirda kompaniya modelning yangilangan versiyasini taqdim qilmoqda.

Foto: Yonhap News

Kim Chen In harbiy bazada zobitlar bilan gaplashgan, askarlar bilan uchrashib, motorli qayiqda sayr qilgan.

Foto: Yonhap News