Gap nima haqida?
Ba'zan şunday gaplarni eşitib qolamiz: tomoq stress natijasida oğriydi, saraton birovni keçira olmaslik va adovat saqlaş tufayli rivojlanadi, allergiya esa içda yutilgan ğazab natijasida "taşqariga çiqadi" - psixosomatikaga doir ilmiy işlarda şunday izohlarni köp uçratiş mumkin. Qisqasi, bizning kasalliklarimizda ğam-taşvişlarimiz aybdor. Bu psixosomatika deyiladi.

Bu qandaydir yangilikmi?
Yöq, bir zamonlar hatto Gippokrat ham insonning soğliği uning fe'l-atvoriga boğliq ekani haqida aytgan: "Melanxoliklar nafaqat tuşkun kayfiyatdan aziyat çekişadi, balki qorin sohasida xuddi nina sançilgandek oğriqlarni his qilişadi".
1920 yilda sil bilan kasallangan Frants Kafka özining holatiga şunday ta'rif bergan: "Mening ongim kasal, öpkamdagi kasallik esa şunçaki ruhiy kasalligimning aksidir".
Yozuvçi Ketrin Mensfild ham şu kasallikka çalinib, özining kundaligida şunday yozadi: "Rasvo kun... Azobli oğriq va hokazo. Bu faqat jismoniy zaiflik emas. Soğayib ketiş uçun men özimning "men"imni tuzatişim kerak. Şifo topmayotganimning asl sababi ham şunda. Mening ongim menga böysunmayapti".
Sil kasalligi - asabdanmi? Asl sababçi Koxa tayoqçasi emasmi?

Aynan şunday. Bakteriya havo-tomçi yöli orqali yuqadi va immunitet zaif bölsa, öpkaga hujum qiladi. Silni ançadan beri mikrobga qarşi preparatlar bilan muvaffaqiyatli davolaşadi.
Biroq psixosomatikada gap faqat bakteriyada emas, "sil qiluvçi fikrlar" - qayğu, tuşkunlik, umidsizlikda hisoblanadi. Mazkur gipotezaga işonuvçilar sil kasalligida har tomonlama "çuqur nafas oliş"ni - toza havoda köproq sayr qiliş va bor salbiy fikrlardan xalos bölişni tavsiya qilişadi.
Buning qandaydir ilmiy asosi bormi?
Qisman bor. Psixologik holat haqiqatda kasalliklar rivojiga ta'sir qilişi mumkin, kasalliklar esa inson psixikasiga ta'sir körsatadi - daliliy tibbiyot bu borada bahslaşmaydi.


















