Sport | 01:15 / 03.07.2018
24518
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Belgiya super kambek qilib, chorak finalga chiqdi

Belgiya terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finalida Yaponiya bilan kuch sinashdi. "Rostov-Arena"da kechgan o‘yin 3:2 hisobida Belgiya foydasiga hal bo‘ldi. 

Dastlab Yaponiya ketma-ket 2ta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. 48-daqiqada Xaraguti hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Inui farqni oshirdi. 69-daqiqada Vertongen hamda 79-daqiqada Fellayni 1tadan gol urib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 4-daqiqada qarshi hujumdan unumli foydalangan belgiyaliklar Shadlining goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi. 

Belgiya terma jamoasi 1/4 finalida Braziliya bilan kuch sinashadi. 

Belgiya – Yaponiya 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar: 0:1 – 48 Xaraguti, 0:2 – 52 Inui, 1:2 – 69 Vertongen, 2:2 – 74 Fellayni, 3:2 – 90 Shadli.

Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Mene, de Bryuyne, Vittsel, Ferreyra Karrasko (Shadli, 65), Mertens (Fellayni, 65), Azar, Lukaku.
Yaponiya – Kavasima, Sakai, Yosida, Sedzi, Nagatomo, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 81), Xaraguti (Xonda, 81), Kagava, Inui, Osako.

Mavzuga oid